Har qanday fotovoltaik (quyosh energiya) tizimlari, hatto uyning tomidagi kichik tizim ham, aslida juda murakkab zamonaviy elektr stantsiyasidir. O’rnatish, ulash va texnik xizmat ko’rsatishning xavfsizlik me’yorlari va standartlariga e’tibor bermaslik nafaqat energiya ishlab chiqarish yo’qolishiga, balki tizim komponentlarining ishdan chiqishiga, elektr energiyasining uzilishi, hattoki yong’in va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Tizimni o’rnatish jarayonida biz mijozlarimizga tizimning ishlash tarzining asosiy tamoyillariga o’rgatamiz. Tizim noto’g’ri ishlagan taqdirda yoki rejalashtirilgan tekshiruv paytida, yoki standart kafolat ichida muammolar paydo bo’lsa bizning texnik guruhimiz tizimni tekshirib ta’mirlaydi va muammolarni bartaraf qiladi.
Bizning amaliyotimizda mavjud tizimlarni qayta o’rnatish bo’yicha ko’plab loyihalar bo’lgan. Bu ham texnik yangilanish, ham tegishli ish tajribasiga ega bo’lmagan mutaxassislarning boshqa kompaniyalar tomonidan o’rnatilgan tizimlardagi xatolar va kamchiliklar bilan bog’liq bo’lgan.
Muammolarni bartaraf etish, komponentlarni almashtirish, kafolatni qoplash va rejadan tashqari texnik xizmat ko’rsatish loyihalarni foydasini pasaytiradi. Shuning uchun biz eng yuqori sifatli komponentlardan foydalanamiz va ushbu sohada uzoq muddatli tajribaga ega mutaxassislar bilan ishlaymiz.