“AmperVolt” kompaniyasi tijorat, sanoat va qishloq xo’jalik obyektlari uchun quyosh energiyasini ishlab chiqarish tizimlarini, elektr energiya saqlash (akkumulyator) tizimlarini va nasos sug’orish tizimlarini o’rnatish bilan shug’ullanadi.
Biz har qanday murakkablikdagi, katta va kichkik loyihalarni amalga oshiramiz. Shu jumladan tomlarga, avtoturargoh joylarga, tijorat binolarga, soyabonlarga, yerga va suvning ustiga fotovoltaik tizimlarni o’rnatamiz.
Bizning jamoamiz xalqaro mutaxassislar guruhidan iborat. Ular hamma texnik xususiyatlarni va o’rnatish joyni hisobga olgan holda har bir loyiha uchun individual ravishda eng loyiq uskunalar va qismlarni tanlashadi va loyihaning narxini hisoblashadi.
Mutaxassislarimiz O’zbekistondan tashqari turli mamlakatlarda quyosh panellarni muvaffaqiyatli o’rnatganlar, masalan: AQSH, Germaniya, Gruziya, Ukraina, Armaniston, Dominikan Respublikasi, Meksika, Vyetnam va hokazolar. Quyosh energiya sohasida ko‘p yillik tajriba va xalqaro sertifikatlarga ega, jumladan, quyosh panellari va boshqa qismlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarga tashrif buyurib, o‘rnatilayotgan uskunalarning texnik xususiyatlarini to‘liq o‘rganishgan.
Biz loyihalashtirmoq, hisoblashtirmoq va nazorat qilish uchun yetakchi dasturiy ta’minotlardan foydalanamiz. Biz mijozlarimizga ish boshlanishidan oldin Evropa Ittifoqi va AQShda qabul qilingan standartlariga muvofiq loyihaning to’liq batafsil texnik taqdimotini yuboramiz.
Barcha hisoblarni va texnik yechimlarni mijozlar uchun bepul amalga oshiramiz
Biz dunyodagi yetakchi uskunalar va qismlarni loyihalarimizda ishlatamiz. Biz barcha zarur texnik reglamentlarga va ishlab chiqaruvchilarning kafolat shartlariga rioya qilamiz.